ai-xodim

Telegram-kotibni qanday ulash

Videoni koʻring va qadamlarni takrorlang: Telegram bir-ikki daqiqada ulanadi, Premium shart emas.

Qadamma-qadam
  1. 1 Ai Xodim ilovasi yoki kabinetida «Telegram» boʻlimini oching, «@aixodimuzbot ni Telegramda ochish» tugmasini bosing va bot bilan chatda «Start» ni bosing.
  2. 2 Telegramda «Chatlarni avtomatlashtirish» boʻlimini oching (ruscha — «Автоматизация чатов», inglizcha — Chat Automation): iPhoneʼda Sozlamalar → Tahrir, Androidʼda Sozlamalar → Hisob. @aixodimuzbot ni tanlang — oʻz botingizni yaratish shart emas.
  3. 3 Bot koʻra oladigan chatlarni belgilang va unga javob berish hamda xabarlarni oʻqishga ruxsat bering. Telegram Premium kerak emas.
  4. 4 Tayyor — Claude yoki ChatGPTʼdagi sunʼiy intellektdan soʻrang: «Telegramdagi xabarlarimni tekshirib, javoblar tayyorla».

Telegram siz nomingizdan faqat soʻnggi 24 soat ichida sizga yozilgan chatlarda javob berishga ruxsat beradi.

Allaqachon hisobingiz bormi? Kirish